08:42 / 21.06.2023
120

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlanadi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlanadi
Foto: Senat.uz
Joriy yilning 20 iyun kuni Senat kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
 
Majlisda Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisini 2023 yilning 22 iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
 
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hamda “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidan.
“O‘zbekiston Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani (Toshkent, 2022 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston hukumati bilan Pokiston hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Islomobod, 2022 yil 3 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
Yalpi majlisda muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta’minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlanadi
ePN