16:11 / 21.06.2023
467

Surxondaryoda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan “Jiguli”ni poyezd urib yubordi

Surxondaryoda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan “Jiguli”ni poyezd urib yubordi
Foto: IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti
Surxondaryoda 21 iyun kuni soat 08:10 larda poyezd “Jiguli”ni urib yubordi. Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, 6376-sonli Termiz—Sariosiyo shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi “Qumqo‘rg‘on—Elbayan” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida  ketayotgan vaqtida, ushbu bekatlarning 4538-kilometri 10-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan, fuqaro M.M. (1956 yilda tug‘ilgan) “VAZ-2107” mashinasida o‘tayotganida, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida poyezd urib yuborgan.
 
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yo‘lovchi poyezdi soat 08:12 da to‘xtab, soat 08:50 da o‘z harakatini davom ettirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan “Jiguli”ni poyezd urib yubordi
ePN