date
views 114

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar soni ko‘paytirildi

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar soni ko‘paytirildi
Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar soni ko‘paytirildi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
 
Hozirda poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati – Chorvoq” yo‘nalishida har kuni harakatlanadi.
Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Avval avtobuslar Mashinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da, Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 da harakatlangan.
 
Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi hamyonbop 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobuslar soni ko‘paytirildi