
Foto: REUTERS/Yves Herman/File Photo
Bugun, 23 iyun kuni, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketini qabul qildi.
YEI sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilingan yana 87ta kompaniya va tashkilot qo‘shildi. Yangilangan ro‘yxatga Rossiya va Eron korxonalaridan tashqari, Xitoy, O‘zbekiston, BAA, Suriya va Armanistonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ham kiritilgan.
Xususan, Yevroittifoq qora ro‘yxatida O‘zbekistondan Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia kompaniyalari joy olgan. Ular sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda Rossiya mudofaa sanoati ehtiyojlari uchun mahsulot sotib olishga uringanlikda ayblanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar