16:38 / 27.06.2023
163

Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Foto: O‘zLiDeP
Forish va G‘allaorolda quyosh stansiyalari ishga tushiriladi, Sharof Rashidov tumanida zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi barpo etiladi, har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” tashkil qilinadi. Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda sanoat va elektr-energetika yo‘nalishlaridagi rejalariga to‘xtaldi, deya xabar qilmoqda Kun.uz.
 
Keltirilishicha, Jizzaxda avtomobilsozlik klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami 700 million dollarlik investitsiya kiritiladi.
 
Xususan, Xitoy kompaniyalari bilan:
- 80 million dollar investitsiya hisobiga yiliga yana 50 mingta avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi;
- 130 million dollar investitsiya hisobiga elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va kelgusi yillarda quvvati 300 ming donaga yetkaziladi;
- Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda, 235 million dollarlik loyiha doirasida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 200 ming donaga yetkaziladi.
 
“Sanoatni rivojlantirish uchun barqaror elektr energiyasi zarur. Bu borada Forish va G‘allaorolda Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari bilan jami 750 Megavatt quvvatga ega 700 million dollarlik quyosh stansiyalari ishga tushiriladi. Sharof Rashidov tumanida Turkiya kompaniyasining 350 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasi hisobiga 450 Megavattli zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi barpo etiladi”, dedi nomzod.
Shuningdek, 4,5 ming kilometr elektr tarmoqlari va 1 ming 100 dan ortiq transformator yangilanadi.
 
Iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalarga ko‘ra, har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” tashkil qilinadi. Ushbu Markazda loyiha ofislari joylashtirilib, yoshlar g‘oyalarini “tayyor biznes”ga aylantirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, Markaz hududida sanoat zonalari va “startap” loyihalari uchun kovorking maydonchalari bo‘ladi.
 
Tumanlardagi jami 210 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga esa Markazlarning filiali maqomi beriladi va ularda “loyiha guruh”lari ish yuritadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
ePN