12:25 / 05.07.2023
105

Shaharsozlik qoidalarini buzgan rahbar o‘rinbosari jarima to‘ladi

Shaharsozlik qoidalarini buzgan rahbar o‘rinbosari jarima to‘ladi

Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarish amaldagi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bu qoidalarni bajarmaslik javobgarlikka asosdir.

Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2021 yil 22 fevral kungi qaroriga ko‘ra Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat ishlari o‘tkazilishi natijasida Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Qorasuv ko‘chasida joylashgan buyurtmachi tashkilot “A.I.” MCHJ direktori o‘rinbosari S.A. tomonidan qonun talablari bajarilmaganligi sabab davlat foydasiga ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib va unga bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari miqdorda – 17 mln. 150 ming so‘m davlat foydasiga jarima undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, davlat ijrochisi Sh.To‘xtayev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati tamomlangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaharsozlik qoidalarini buzgan rahbar o‘rinbosari jarima to‘ladi
ePN