11:46 / 06.07.2023
138

Surxondaryoda IIB xodimlari 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi

Surxondaryoda IIB xodimlari 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi

5 iyun kuni tunda Surxondaryo viloyati IIB post patrul xizmati xodimlari inson o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldini olishdi.

Qayd etilishicha, 4 iyuldan 5 iyulga o‘tar kechasi tungi soat 03:30 larda Termiz shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birining ichida yong‘in chiqqan. Tungi xizmatga jalb qilingan bir nechta xodim buni sezib qolgan. IIB xodimlari ichkarida 3 nafar fuqaro uxlab yotganini ko‘rishgan.

Shundan so‘ng ular deraza oynasini sindirib, kuchli tutun ta’sirida karaxt bo‘lib qolgan fuqarolarni ko‘chaga olib chiqib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishgan.

3 nafar fuqaroning hammasi hozirda sog‘ salomat.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda IIB xodimlari 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi
ePN