date

Saudiya Arabistoni Farg‘ona shahrida turistik dam olish maskani barpo etmoqchi

Saudiya Arabistoni Farg‘ona shahrida turistik dam olish maskani barpo etmoqchi
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulligida saudiyalik tadbirkor Bassam al-Saadi bilan muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Bassam al-Saadi mamlakat Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekistondagi biznesini yanada kengaytirish va mustahkamlashga harakat qilayotganini bildirdi.

«Biz hamkorlarimiz bilan Farg‘ona shahrida turistik dam olish maskanini barpo etish loyihasi uchun 3 million dollar miqdoridagi mablag‘ni kiritishni rejalashtiryapmiz. Ushbu dam olish maskani loyihasida 5 ta katta villa, 9 dona o‘rta va 15 ta kichik villalar hamda savdo markazi va bolalar o‘yingohi qurilishi nazarda tutilmoqda», - dedi u.

Uchrashuv natijasida saudiyalik tadbirkor bilan mamlakatdagi boshqa loyihalarga ham investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saudiya Arabistoni Farg‘ona shahrida turistik dam olish maskani barpo etmoqchi