10:04 / 08.07.2023
100

O‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha Germaniya, Litva va Luksemburg bilan memorandum imzolandi

O‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha Germaniya, Litva va Luksemburg bilan memorandum imzolandi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro sherikchilik tashabbuslari haftaligi doirasida Luksemburg, Litva va Germaniyaning 6 ta ish beruvchi kompaniyasi bilan memorandumlar imzolandi. Bu haqda Gazeta.uz xabar qilmoqda.

Germaniyaning CBZ München GmbH, Bildungswerk der Sächsischen Wirtschaft gGmbH (bsw), Ernst Klett Präsenzlernen Osteuropa GmbH, High Standart Personal GmbH va Opasca kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Germaniyaning Ernst Klett Präsenzlernen Osteuropa GmbH kompaniyasi bilan hamshiralik ishi va parvarishi (keksalarga g‘amxo‘rlik) yo‘nalishida O‘zbekistondan mutaxassislarni vaqtincha mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi.

Mazkur davlatga payvandlash, elektrotexnika va chilangarlik sohalari mutaxassislarini mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Luksemburgning WishWorks rekruterlik agentligi bilan ham mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Luksemburg kompaniyasi mahalliy ish beruvchilar bilan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini ishga joylashtirish bo‘yicha ish olib boradi.

Litvaning Eurodas kompaniyasi bilan ham hamkorlik o‘rnatish, O‘zbekiston fuqarolarini Litvada haydovchilik sohasida mehnat faoliyatiga jalb qilish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan memorandum imzolandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha Germaniya, Litva va Luksemburg bilan memorandum imzolandi
ePN