15:27 / 08.07.2023
87

Qarzdorlik “Aliment to‘lovlari" jamg‘armasi hisobidan to‘lab berildi

Qarzdorlik “Aliment to‘lovlari" jamg‘armasi hisobidan to‘lab berildi

Davlatimiz rahbarining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Majburiy ijro byurosi huzurida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etilgan.

Mazkur jamg‘arma mablag‘lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplab berishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.

Albatta, vaqtincha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan ota (ona) tomonidan qaytarish sharti bilan berilgan bu mablag‘ uning voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minotini o‘ylab amalga oshirildi. Ayni damda ushbu jamg‘arma qarzdor uchun imkoniyat taqdim etdi.

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari tomonidan bu borada bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 427-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida byuro jamg‘armasi hisobidan 7 nafar onalarga  78,8 mln. so‘mlik aliment pullari to‘lab berildi.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 07.05.2010 yildagi qarzdor M.A.dan undiruvchi D.A foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Karmana tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilmoqda. Biroq, qarzdor aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni to‘lamaganligi uchun dastlab ma’muriy, undan so‘ng esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shundan so‘ng, jamg‘arma hisobidan 5,3 mln. so‘mlik zarar pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Aliment undiruviga oid ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlik “Aliment to‘lovlari" jamg‘armasi hisobidan to‘lab berildi
ePN