Byuroning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 25.06.2021 yildagi qarzdor M.Erkinovdan undiruvchi G.Sharobiddinova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan ijro hujjati kelib tushgan.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ijro ishi bo‘yicha qarzdor M.Erkinov tomonidan belgilangan aliment pullari ixtiyoriy ravishda oyma-oy to‘liq to‘lab kelingan. 22.05.2023 yilda qarzdor farzandi uchun to‘lanishi kerak bulgan aliment pullarini oldindan to‘lash niyatini bildirib, 4 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni taqdim qilgan.
Byuroning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M.Erkinov aliment uchun oldindan to‘lov sifatida olib kelgan 4 ming AQSH dollari undiruvchi G.Sharobiddinovaga 22.05.2023 yilda tilxat asosida topshirildi.
Shu munosabat bilan sobiq er-xotinlar o‘rtasida kelishuvga erishildi hamda undiruvchining arizasiga muvofiq ijro ishi tamomlandi.
Byuroning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi
boshlig‘i Muzaffar Rasulov
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring