13:00 / 09.07.2023
197

Namanganda 110 yashar momo saylov uchastkasiga 85 yashar qizi bilan keldi (foto)

Namanganda 110 yashar momo saylov uchastkasiga 85 yashar qizi bilan keldi (foto)

Shahribonu momo Mirzahamdamova

Foto: Uchqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani, “Dehqonobod” mahallasida joylashgan saylov uchastkasidagi ovoz berish jarayonini 110 yashar Shahribonu momo Mirzahamdamova boshlab berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Viloyatdagi eng keksa momo saylov uchastkasiga 85 yashar qizi Sanobarxon aya bilan birga kirib keldi. Bu yerda mutasaddilar va saylovga kelgan mahalladoshlar bilan ko‘rishib, bugungi tadbir yaxshi o‘tishini tilab, duo qildi.

Foto: Uchqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Shundan so‘ng momo saylov komissiyasi aʼzolari va yaqinlari ko‘magida ovoz berdi.

Foto: Uchqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati

Tumanning “Bahriobod” mahallasida esa 101 yoshli Mukarram aya Abdurahimova va 100 yoshni qarshilagan Donoxon aya Jumaboyeva saylovda ishtirok etdi.

Mukarram aya Abdurahimova va Donoxon aya Jumaboyeva

Foto: Uchqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Bunga guvoh bo‘lganlar dugona va sinfdosh momolarning ahilligi va bardamligiga havas qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 110 yashar momo saylov uchastkasiga 85 yashar qizi bilan keldi (foto)
ePN