16:19 / 11.07.2023
251

Samarqandda taksi haydovchisi bolani itlar hamlasidan qutqarib qoldi (video)

Samarqandda taksi haydovchisi bolani itlar hamlasidan qutqarib qoldi (video)

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Samarqand shahar hokimligi bolaga itlar hujum qilgani va taksi haydovchisi uni qutqarib qolgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo‘li chetida ketayotgan bolakayga itlar hujum qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

Hokimlikning ma’lum qilinishicha, holat 8 iyul kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan avtoturargoh (garaj) oldida sodir bo‘lib, itlar ham “avtogaraj”ga tegishli bo‘lgan. Itlar hujum vaqtida bolaning oyoq qismiga tashlangan.

Ushbu itlar tezda Obodonlashtirish boshqarmasining Nazoratsiz hayvonlarni ovlash guruhi tomonidan tutilib, Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga topshirilgan.

Bolaning salomatligi esa to‘liq nazoratga olingan”, — deyiladi munosabatda.

Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi ham holatga o‘z munosabatini bildirib, holat qo‘shimcha o‘rganilayotgani, o‘rganish davomida itlarning egasi aniqlangan taqdirda unga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilishini ma’lum qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda taksi haydovchisi bolani itlar hamlasidan qutqarib qoldi (video)
ePN