18:00 / 13.07.2023
121

Qarzdorning avtomashinasi jarima maydoniga olib kirilgach, jarimani to‘lashdan boshqa iloji qolmadi

Qarzdorning avtomashinasi jarima maydoniga olib kirilgach, jarimani to‘lashdan boshqa iloji qolmadi

Qarzdorning avtomashinasi jarima maydoniga olib kirilgach, jarimani to‘lashdan boshqa iloj qolmadi

Qonunchiligimizda belgilangan talablarni qasddan buzganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi. Fuqaro M.O‘. ham o‘zining qonunga zid  harakatlari bilan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jinoiy ishlar bo‘yicha Toshloq tuman sudining 17.02.2023 yilgi qaroriga asosan jarima jazosiga tortilgan.

Jumladan, sud tomonidan qarzdor M.O‘.dan 7.500.000 so‘m ma’muriy jarima undirish haqida qaror chiqarilib, qaror ijro qilish uchun Byuroning Toshloq tumani bo‘limiga yuborilgan va ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qarzdor ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini ijrosini ta’minlashi lozimligi haqida ogohlantirilgan.

Lekin, qarzdor sud jarimasini to‘lash choralarini ko‘rmagan, ushbu sabab byuro tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 07.07.2023 yil kuni qarzdorga tegishli bo‘lgan “Damas” avtomashinasi xatlanib, jarima maydoniga olib kirilgan.

Xatlangan avtomashinani auksion savdoga qo‘yish choralari ko‘rilayotgan vaqtda 10.07.2023 yil kuni qarzdor 7.500.000 so‘m ma’muriy jarimani hamda qo‘shimcha hisoblangan 375.000 ijro yig‘imini to‘liq to‘ladi va ijro hujjati amalda tamomlanib, avtomashina egasiga qaytarildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning avtomashinasi jarima maydoniga olib kirilgach, jarimani to‘lashdan boshqa iloji qolmadi
ePN