Foto: Pestle Analysys
Buyuk Britaniyada joylashgan Costa Coffee kofe tarmog‘i Toshkentdagi birinchi qahvaxonasini ishga tushirdi.
Yarim asrlik tarixga ega Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida 21 iyun kuni e’lon qilgan. Costa Coffee'ning birinchi qahvaxonasi 1971 yilda Londonda ochilgan. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab uning 3,5 mingdan ortiq filiallari mavjud. Bu Costa Coffee'ning Markaziy Osiyodagi birinchi va dunyo bo‘ylab 33-davlatdagi qahvaxonasi.
O‘zbekistonda aholi asosan choy ichadi, ammo so‘nggi yillarda kofe iste’moli ortib, premium qahvaxonalar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
2022 yil may oyida O‘zbekiston Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan birinchi marta Toshkent shahrida kofe va choy festivali o‘tkazildi. Tadbir doirasida turli mahorat darslari, seminarlar va degustatsiyalar hamda “Uzbekistan Coffee Cup” barista chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda brendli qahvaxonalar bozori asosan poytaxt Toshkentda to‘plangan. Bozor yetakchisi Cafelito Coffee shaharda 29 ta do‘konga ega, jumladan Coffee Lab ixtisoslashgan qahvaxona va xalqaro Gloria Jean's, Black Bear Cofe va Boost Coffee brendlari ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!