13:08 / 16.07.2023
248

Jizzaxda Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida haydovchilari vafot etdi

Jizzaxda Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida haydovchilari vafot etdi

Foto: Jizzax YHXB matbuot xizmati

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi.

Viloyat YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 1 iyul kuni soat 06:45 larda 4R-35 Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining 18 kilometrida sodir bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti'ni boshqarib borayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashgan.

Natijada har ikkala mashina haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu transport vositalarida bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan RSHTYAIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Rashidov tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat