17:40 / 17.07.2023
124

Qarz to‘lanmaganligi sababli Tracker xatlandi

Qarz to‘lanmaganligi sababli Tracker xatlandi

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kredit ajratish tizimi soddalashtirildi. Natijada ko‘plab fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz banklardan kredit olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatiga ega bo‘lishdi. Ammo ularning orasida mas’uliyatsizlari ham uchrab turibdi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 27.06.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan “Ind.M.” MCHJdan AT “Xalq banki” Sergeli filiali foydasiga 192 mln 885 ming 139 so‘m kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro ishi byuroning Yangihayot tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.Xayitov ish yurituviga kelib tushgan.

Sud hujjatiga ko‘ra undiruvni jamiyat tomonidan garovga qo‘yilgan mulkka qaratish belgilangan. Jumladan, garovga qo‘yilgan 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Tracker” avtotransport vositasi tegishli tartibda elektron onlayn-auksion orqali sotilib, auksion savdolaridan tushgan pul undiruvchi  AT “Xalq Banki”ning Sergeli filiali foydasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz to‘lanmaganligi sababli Tracker xatlandi
ePN