12:51 / 18.07.2023
187

Navoiyda mast haydovchi spirtli ichimliklar do‘koniga mashinada «kirib bordi»

Navoiyda mast haydovchi spirtli ichimliklar do‘koniga mashinada «kirib bordi»

Joriy yilning 14 iyulidan 15 iyuliga o‘tar kechasi tonggi 3-30larda buxorolik 37 yoshli fuqaro «Nexia-3» mashinasida Navoiy shahri ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor qo‘pol tarzda buzib o‘tgani kuzatuv kameralariga muhrlangan.

Shuningdek, u Karmana tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M-37 avtomobil yo‘lining chorrahasida svetaforning qizil chirog‘ida o‘tib, «Cobalt» bilan to‘qnashgan.

Bu ham yetmaganidek, yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, shu atrofda joylashgan spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konga borib uriladi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea joyiga yetib borgan YPX xodimlari haydovchini alkotester tekshiruvidan o‘tkazishadi. Natija esa hayratlanarli — u g‘irt mast holatida ekani aniqlanadi. Ajablanarlisi, avtomobilda uning oila a’olari ham bo‘lgan.

Nafaqat o‘zining, yaqinlarining hayotini ham o‘ylamagan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilib, hujjatlar sud idoralariga yuborilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda mast haydovchi spirtli ichimliklar do‘koniga mashinada «kirib bordi»
ePN