13:13 / 18.07.2023
76

Ekologiya inspektoriga o‘q uzgan brokonerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekologiya inspektoriga o‘q uzgan brokonerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida 13 iyul kuni 2 nafar fuqarolar ov qilish qoidalarini qasddan buzib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan «Jayron» kiyiklarini ovlayotgan vaqtida ularni to‘xtatmoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi xodimiga ov miltig‘idan o‘q uzib tan jarohati yetkazgani aytilgan edi.

Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha Qorovulbozor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 202 (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekologiya inspektoriga o‘q uzgan brokonerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
ePN