21:14 / 18.07.2023
197

Buxoroda moliyaviy piramida tashkil qilganlarga sud hukmi o‘qildi

Buxoroda moliyaviy piramida tashkil qilganlarga sud hukmi o‘qildi

Buxoro viloyatida guruh bo‘lib moliyaviy piramida tashkil qilganlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan sudlanuvchilar H.Boboyeva, U.Jumayev, S.Asadov, H.Hamidov va R.Hamidovalarga oid jinoyat ishi ko‘rildi. Sudlanuvchilar Golden cash store MCHJ tashkilotchilari hisoblangan chet davlatlar fuqarolari M.Muntyan, O.Savelyev va boshqalar tomonidan tashkil qilingan uyushgan guruhga aʼzo bo‘lib, guruh manfaatini ko‘zlab jinoyat sodir etishdi. 

Xususan, O.Savelyev boshchiligidagi uyushgan guruh go‘yoki,  o‘zlarini tilla buyumlari bilan savdo qiluvchi yirik kompaniya sifatida faoliyat olib borgan. Ular fuqarolardan olingan tilla buyumlar hamda pul mablag‘lari uchun 16,7 foizdan 260 foizgacha foyda bilan qaytarib berishni vaʼda qilib, 2021-yil aprel oyidan noyabr oyiga qadar 42 nafar kishini aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib kelgan. Oqibatda, juda ko‘p miqdordagi qiymati 156,6 ming AQSH dollari pul mablag‘larini Golden cash store MCHJ XKning hisob raqamiga o‘tkazishga erishgan.

Golden cash store MCHJ aʼzolari fuqarolar orasida targ‘ibot ishlarini olib borib, ularni pul va moddiy qimmatliklarini topshirtirishga daʼvat etgan. Ushbu maʼlumotlarga qiziqqan fuqarolarga, agarda shu fuqarolar o‘zining ortidan mijoz topsa, har bir jalb qilgan mijoz tomonidan topshirilgan summaning 6 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan qiymatda bonus olib berishini  bildirgan. Ayrim fuqarolar targ‘ib qilinayotgan maʼlumotlar bo‘yicha “keshbek” va “bonus”lar oqib kelishiga ishonib, “moliyaviy piramida” hosil qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 188 prim 1-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari bilan  aybli deb topilgan S.A. 5 yil, U.J. 5 yil, X.B. 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jinoiy guruhning boshqa aʼzolariga 2 yil 5 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, jabrlanuvchi fuqarolarga yetkazilgan zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda moliyaviy piramida tashkil qilganlarga sud hukmi o‘qildi
ePN