21:46 / 18.07.2023
696

IBA prezidenti Rufat Risqiyevga Malibu avtomobilini sovg‘a qildi (video)

IBA prezidenti Rufat Risqiyevga Malibu avtomobilini sovg‘a qildi (video)

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov o‘zbek boksi afsonasi Rufat Risqiyev bilan uchrashish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.

Kremlyov Risqiyevga maxsus sertifikat hamda Malibu avtomobilini sovg‘a qildi.

Rufat Risqiyev bilan uchrashish uchun Toshkentga keldim. U bizning tariximiz, u kishini asrashimiz kerak, kelajagimiz nimadan boshlanishini yoshlar ko‘rishi lozim. O‘tmishsiz kelajak yo‘q, uni gapirishdan va ko‘rsatishdan to‘xtash kerak emas”, — deydi Kremylov o‘z Instagram sahifasida.

Avvalroq, IBA prezidenti boks bo‘yicha birinchi Jahon chempionati g‘olibi Rufat Risqiyevga 10 ming dollar miqdorida mukofot puli topshirgandi, shuningdek, faxriy sportchiga har oy ming dollardan to‘lab borilishini aytib o‘tgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IBA prezidenti Rufat Risqiyevga Malibu avtomobilini sovg‘a qildi (video)
ePN