16:20 / 19.07.2023
460

Hayratlanarli fakt: nega kechagi choyni hech qachon ichib bo‘lmaydi?

Foto: The Voice Mag

Xitoyliklar choyning asosiy bilimdonlari sifatida damlagandan bir kun o‘tgach, uni hech qachon ichmaslikni tavsiya qiladi. Buning sabablari bor: ma’lum bo‘lishicha, bir necha soatdan keyin damlangan choy organizm uchun deyarli zaharga aylanadi.

Ko‘pchiligimiz ertalab kecha damlangan choydan ho‘plashni, mikroto‘lqinli pechda qizdirib yoki ustiga yarim stakan qaynoq suv quyib ichishni odat qilganmiz. Aslida bularning hech biri mutlaqo mumkin emas.

Olimlar choy damlanganidan 15 daqiqa o‘tgach, unda zararli moddalar hosil bo‘ladi degan xulosaga keldi. Kechagi choy barcha foydali fermentlar va vitaminlardan butunlay mahrum: ularning o‘rniga ichimlikda zamburug‘ sporalari va xavfli bakteriyalar faol ravishda ko‘paya boshlaydi.

Choyda xuddi shu bakteriyalar mavjudligini aniqlash juda oddiy. Agar ichimlik oksidlanish jarayonlarini ko‘rsatuvchi yupqa plyonka bilan qoplangan bo‘lsa, uni endi icholmaysiz. Kechagi choydan iste’mol qilish organizm uchun bir qator noxush oqibatlarga olib keladi.

Foto: Google Images

Ichimlikdagi plyonka qavati oshqozon va ichak devorlarini o‘rab oladi. Shu bilan oziq moddalarining inson organizmiga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday ekan kechagi choy nafaqat oshqozon yarasi, gastrit va pankreatitning shakllanishiga, balki allergiya, shuningdek, milklarning qonashi va bosh aylanishiga olib kelishi mumkin.

Darvoqe, haqiqiy xitoylik choy bilimdonlari uchun kechagi choy tabu hisoblanadi. Ular uni ichishdan bosh tortishlarini unda “zahar” borligi bilan ta’kidlaydilar. Qaysidir ma’noda xitoyliklar haq, chunki eskirgan choy barglari endi organizmga hech qanday foyda keltirmaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hayratlanarli fakt: nega kechagi choyni hech qachon ichib bo‘lmaydi?
ePN