date
views 238

Mast holatda avtotransport vositasini boshqargan fuqaro avtotransport boshqaruvi huquqidan mahrum etildi

Mast holatda avtotransport vositasini boshqargan fuqaro avtotransport boshqaruvi huquqidan mahrum etildi

Halqimizda mehmon otangdek - ulug‘ deyishadi, biroq mehmon o‘z hurmati va izzatini bilmasa-chi? Yohud mehmon mavjud qoidalarni qo‘pol tarzda buzsa-chi?!

Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur sudining 29.05.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor fuqarosi D.M. dan 4.950.000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro ishi bo‘yicha ijro harakatlari olib borish jarayonida qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor ushbu jarimani to‘lash bilan birga o‘z hayoti va o‘zgalarning hayotiga xavf solgan holda avtotransport vositasini spirtli ichimlik ta’siri ostida mastlikda boshqarganligi uchun 1 yil 6 oy muddatga avtotransport boshqarish huquqidan ham mahrum etilgan.

Davlat ijrochisi D. Atamirzayevaning to‘g‘ri huquqiy tushuntirish olib borishi natijasida mazkur qarzdorlik to‘liq undirilib ijro ishi amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mast holatda avtotransport vositasini boshqargan fuqaro avtotransport boshqaruvi huquqidan mahrum etildi