Qashqadaryo viloyatidagi banklarning birida 20 yildan ziyod faoliyat yuritgan G.X. nima bo‘ldi-yu, ishdan bo‘shatildi. Kutilmaganda, bunday holatga duch kelgan xodima, uyda ro‘zg‘or tashvishi, boshqa muammolar, xullas ishlamasa bo‘lmaydi, bundan tashqari, shuncha yillik mehnat jamoasi va mehr qo‘ygan ish joyi... Ishga qaytish uchun barcha choralarni ko‘rgan G.X. oxiri sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
Shunga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov appelyatsiya instansiya sudining ijro varaqasida javobgar bankning da’vogar G.X. ga nisbatan chiqarilgan buyrug‘ini bekor qilib ishga tiklash, majburiy progul uchun ish haqi undirish, ish faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 12 iyul kuni kelib tushgan va ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shu kunning o‘zida bo‘lim xodimlari bankning viloyat filialiga borib, ijro harakatlariga kirishgan.
Borilganda bank rahbari yig‘ilishga ketgan ekan, rahbar o‘rinbosari Byuro xodimlari bilan biroz o‘tirgach, hech narsa demasdan indamay qayergadir chiqib ketdi. Ta’tildagi kadrlar bo‘limi boshlig‘i va xodimasi ham lavozimiga yarashmaydigan harakatlar sodir etishdi. Ammo qilgan noto‘g‘ri xatti-harakatlarini anglab yetishlariga ko‘p vaqt ketmadi. Hammasi tezda o‘z joyiga tushdi.
Xodim ishga tiklandi, ish haqi evaziga bank balansidagi “Tracker” avtomashinasi xatlanib evakuator orqali olib ketildi.
Oradan bir kun o‘tib, ish haqi ham to‘liq to‘lab berildi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring