11:18 / 22.07.2023
263

Farg‘onada IIB xodimining kiyimida ijtimoiy tarmoqqa video joylagan 21 yoshli qizga chora ko‘rildi

Farg‘onada IIB xodimining kiyimida ijtimoiy tarmoqqa video joylagan 21 yoshli qizga chora ko‘rildi

Kadr: Telegram

Farg‘ona viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘zini IIO xodimi deb tanishtirgan qiz haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, ichki ishlar organi xodimining xizmat kiyimidagi qiz Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi 21 yoshli Sh.M. ekani ma’lum bo‘lgan va unga nisbatan tuman IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudi tomonidan Sh.M.ga 21 iyul kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-moddasi prim 1-moddasiga (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) asosan bazaviy hisoblashning ikki baravari miqdorida (660 ming so‘m) jarima jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, mazkur kiyim-boshni Sh.M.ga bergan xodimning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada IIB xodimining kiyimida ijtimoiy tarmoqqa video joylagan 21 yoshli qizga chora ko‘rildi
ePN