Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar Q.R. va A.N. qalbaki 10 000 AQSH dollarini fuqaro X.R.ga 5 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, unga jami 83 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki banknotlarni berib qolgan qismini tez kunda yetkazishlarini aytib 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar