16:03 / 29.07.2023
164

“O‘zgidromet” 30-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” 30-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” 30-iyul, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko'ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  •  Harorat kechasi 22-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  •  Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  •  Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

  • Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. 

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. 

  • Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zgidromet” 30-iyulda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
ePN