Voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lash tartibini ota-ona o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqli. Ushbu majburiyat ixtiyoriy ravishda bajarilmasa ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.
Xususan, Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 11.06.2012 yilgi qarzdor Q.Q.dan undiruvchi Q.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti har oylik daromadini 1/4 qismi miqdorida aliment to‘lab kelgan.
Byuro tomonidan undiruvchi va qarzdorga qonunda belgilangan huquq va majburiyatlari tushuntirilgach, qarzdor undiruvchi bilan o‘zaro kelishgan holda, qarzdor farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 50.095.000 so‘m aliment pullarini 4.300 AQSH dollari miqdorida 31.07.2023 yil kuni undiruvchiga tilxat orqali topshirdi va ijro hujjati undiruvchining arizasiga asosan tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring