Farzandlar moddiy ta’minoti to voyaga yetgunga qadar ota – ona majburiyatida. Lekin ayrim hollarda biror sabab bilan ajrab ketgan oilalar, aniqrog‘i otalar bu majburiyatni unutishayotgani ham bor gap. Bo‘lmasa, Namangan tumanida yashovchi Eldor Yodgorov (ismi familiyasi shartli o‘zgartirilgan) 2 nafar farzandi uchun sud tomonidan belgilangan summani oyma-oy to‘lab yurardi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining ajrimiga ko‘ra, qarzdor ota undiruvchi foydasiga 2 nafar farzandi uchun aliment to‘lashi belgilangan. Mazkur ijro varaqasi Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan o‘z vaqtida to‘lab borishligi bir necha marotaba tushuntirilgan. Biroq, qarzdor ota “o‘zim xon ko‘lankam maydon” degan shekilli qarzdorlik 2021 yilning yanvar oyidan to 2023 yilning iyul oyiga qadar oz emas naqd 33 mln. so‘mni tashkil etadi.
Davlat ijrosi tomonidan bu boradagi hujjatlar to‘planib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyatlar ishlar bo‘yicha sudga yuboriladi. Bo‘lib o‘tgan sud muhokamalaridan so‘ng, unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi. Shundan so‘nggina o‘ziga xulosa qilib, qarzdorlikni zudlik bilan bartaraf etadi. Sud qarzdorlik qoplanganini hisobga olib, jazodan ozod etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring