date
views 225

Dam olish kunlari harorat pasayadi

Dam olish kunlari harorat pasayadi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, hududning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ertaga 5 avgust kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati +32...+37 darajagacha pasayadi.

6 avgust yakshanba kuni nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Kunduzgi harorat barcha joylarda +30...+35 darajagacha, janubda +35...+38 darajagacha pasayadi. Bulutlilik ko‘payishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechasi esa Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Bugun shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 avgust kuni shamolning kuchayishi ba’zida 20-25 m/s gacha yetishi mumkin.

Poytaxtda 4-6 avgust kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, 6 avgustda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +38...+40 darajadan +33...+35 darajagacha asta-sekin pasayadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dam olish kunlari harorat pasayadi