19:22 / 10.08.2023
258

Kredit to‘lanmasi «Gentra» si borlar ham piyoda qolishi mumkin…

Kredit to‘lanmasi «Gentra» si borlar ham piyoda qolishi mumkin…

Banklarning kredit resurslari muqaddam ajratilgan kredit qarzlarining tasdiqlangan grafik asosida qaytarilishi bog‘liq. Shunday ekan ma’lum maqsadlarda kredit olgan shaxslarning bu borada o‘z mas’uliyatlarini oshirishi, yana qaysidir tadbirkorning kredit resurslaridan foydalanishiga imkon yaratadi.

Xususan, Jizzax tumanlararo Iqtisodiy sudining J.Esirgapovdan «Agrobank» ATB foydasiga 5,6 million so‘m kredit qarzini undirish, to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Sh.Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli «Gentra» rusumli avtotransport vositasi qarzdorlik evaziga xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. J.Esirgapov olgan kreditini muntazam to‘lab borganida, avtomashinasi bo‘la turib piyoda qolmagan bo‘lar edi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat