date
views 594

Bir o‘q bilan ikki quyon...

Bir o‘q bilan ikki quyon...

Bir qilmish oqibatida  ikkinchisi ham oshkor bo‘lsa,adolatning eng cho‘qqisi qaror topdi degani shu bo‘lsa kerak. Xuddi shunday xolat Byuroning Toshkent viloyati Zangiota bo‘limi xodimlarining ish faoliyatlarida yuz berdi.

Bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra qarzdor A. Ozodovdan, qarzdor Sh. Boboqulov foydasiga jami 4.728.520 so‘m qarz undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli mol-mulklar o‘rganilgan.

Aniqlanishicha qarzdor nomida Neksiya 3 rusumli avtotransport vositasi bo‘lgan. Shu bilan birga unga tegishli pasport ma’lumotlari baza orqali tekshirilganda, qarzdorning yo‘l harakatidagi qoidabuzarligi bo‘yicha yana 18 ta 19 million so‘mlik jarimasi borligi aniqlangan.

Shu sababli, ushbu avtotransport vositasi vaqtincha saqlash joyiga olib kelingan va dalolatnoma orqali rasmiylashtirilgan.

Qarzdor vaziyat jiddiyligini tushungach, yuqoridagi qarzdorliklarni qoplab berishga va’da bergan va shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlik to‘liq undirilgan.

Natijada bittada 2 ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlanib, amalda tugatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir o‘q bilan ikki quyon...