date
views 561

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishdan olindi

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishdan olindi

Foto: Prezidenti Administratsiyasi

Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimini tark etgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.

Manbaning tasdiqlashicha, endilikda prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan.

Prezident matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, Umrzoqov O‘zbekiston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi prezidentning 2018 yil 26 avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarlik qilgandi.

2022 yil 16 iyulida esa Nizomiddinov salomatligidagi muammo sabab ishdan ketgan va uning o‘rnini Sardor Umrzoqov egallagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishdan olindi