Bugungi kunda bank kreditlari garov evaziga ham beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 08.02.2023 yildagi ATB «Kapitalbank» foydasiga qarzdor M.Mamaraximovadan 139,5 million so‘m kredit qarzdorlik undirivini garov mulki xisoblangan Lacetti avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi byuroning Jizzax shaxar bo‘limiga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlarga ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nus'halari yuborilgan.
Mazkur ijro ishi doirasida M.Mamaraximova bir necha bor ogoxlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortib, o‘ziga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasini xatlashdan yashirib kelgan. Keyingi ijro harakatlarida ushbu avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Shuningdek, Ijro xujjatining ijrosini o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi uchun 6,3 mln. so‘m ijro yig‘imi qo‘llanilgan.
O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlarida Byuro organlari va IIV YHXB organlari xodimlari hamkorlikda fuqaro qarzdorga tegishli Lacetti avtomashinasi Jizzax shaxri markaziy ko‘chalaridan birida harakatlanayotganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida ushbu garov mulki xisoblangan Lacetti avtomashinasi elektron-onlayn savdolarida sotilib, tushgan puldan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.
Ortiqov Avazbek
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
Navbatchilik qism bosh inspektori
