Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyini aniqlash, ularga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab samarali va tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 378 nafar jismoniy shaxslar topilishi ta’minlangan.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 20.07.2022 yildagi sud buyrug‘iga asosan Oltiariq tumanida tug‘ilgan qarzdor K.A.dan undiruvchi K.E.foydasiga bir nafar farzandini moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lib, mazkur sud buyrug‘iga asosan ijro varaqasi Byuroning Oltiariq tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijroga qaratilgan.
Qarzdor sud buyrug‘iga asosan belgilangan aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganligi hamda yashash manziliga kelmasdan berkinib, joylashgan joyi va manzili noma’lum bo‘lganligi sababli Byuroning Oltiariq tumani bo‘limi tomonidan qarzdor K.A.ga 11.02.2023 yilda qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, qidiruv tadbirlarini amalga oshirish uchun Byuroning Farg‘ona viloyati qidiruv sho‘basiga topshirilgan.
Qidiruv sho‘basi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdo K.A. Toshkent shaxri, Qoraqamish 2,4 mavzesida nonvoychilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, JIB Olmazor tumani sudining ma’muriy binosiga olib kelindi va qarzdorga nisbatan Byuroning Oltiariq tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan to‘plangan hamda JIB Oltiariq tumani sudiga yuborilgan material asosida videokonfirensiya orqali ko‘rib chiqildi va qarzdor tomonidan to‘lanmagan jami 11.482.196.0 so‘m miqdordagi aliment qarzdorligi uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Hozirda Byuroning Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birkalikda qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi
N.X.Kadirkulova
