date
views 447

Hashamatli uydan ko‘chirilmaslik evaziga kredit qarzi to‘landi

Hashamatli uydan ko‘chirilmaslik evaziga kredit qarzi to‘landi

Katta biznes rejalar tuzib, uni evaziga katta kredit olib, bank oldidagi majburiyatlarini bajarish, ya’ni olgan mablag‘ini qaytarishda yarmiga kuchi yetib, qolganiga yetmasa ana muammoning kattasi shunda boshlanadi. Evaziga bor yo‘g‘idan hattoki yashab turgan uy joyidan ham ajralib ko‘chada qolishi hech gap emas. Shuning uchun ham "Yetti o‘lchab bir kes" degan naql bor.

Byuroning Zangiota tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan da’vogar AITB “Ipak yo‘li” banki javobgar N.Mirzamaxmudova va O.Mirzamaxmudov Toshkent viloyati, Zangiota tuman, Erkin QFY, Yangihayot MFY, Gulxaniy ko‘chasida joylashgan xonadonidan majburiy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 07.09.2022 yilda kelib tushgan bo‘lib shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan.

Qarzdor O.Mirzamahmudov tomonidan qaror ijrosi yuzasidan davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmay, ijro harakatlariga to‘sqinlik qilish bilan bir qatorda sud qarori ijrosini bajarmaganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 1981-moddasi asosan asosan eng kam oylik ish hakining 5 barobari mikdorida, ya’ni 1.650.000 so‘m miqdorda jarima belgilangan bo‘lib, belgilangan jarima to‘liq undirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor nomidagi uy-joy bank balansiga o‘tkazilgan bo‘lib, bank ushbu mulkni sotuvga qo‘yishini bildirgan. Buning natijasida qarzdor yashab turgan mazkur manzildagi uy-joydan majburiy ko‘chirish choralari ko‘rilganda, qarzdor tomonidan undiruvchi AITB “Ipak yo‘li” banki oldidagi qarzdorliklarini to‘liq qoplagan.

Shunga ko‘ra, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan ijro etilib, amalda tamomlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hashamatli uydan ko‘chirilmaslik evaziga kredit qarzi to‘landi