Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari majlisida ayrim jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman (shahar) va tumanlararo hamda tumanlararo (shahar) iqtisodiy va ma’muriy sudlarga ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarining qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2023 yil 24 avgustdagi qarori bilan sudyalik lavozimda bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan Z. Latipov, R. Aliyarov, J. Muxammadaminov, A. Quvataliyev, A. Odilov, T. Ismoilov, J. Xalimova, R. Alimjanov, A. Yuldashov, D. Azimova, A. Raxmatov, R. Xusainova, X. Esonov, D. Axmedova, S. Ramazanov, D. Isayeva, S. Panjiyev, M. Yuldashev, M. Mamayusupov, S. Maxmudova, F. Mirov, X. Sa’dullayev, A. Fayziyev, U. Omonov, A. Karajanov, N. Nomozov, D. Jo‘rayev, O. Xakimov, A. Davletovning qasamyodi eshitildi.
Qasamyod qabul qilgan 29 nafar sudyaga sudyalik guvohnomalari topshirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!