date
views 119

Prezident maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.

Bundan uch yil oldin 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan edi. Natijada, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamayishni boshlagan.

Joriy yilda ham maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi.

O‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Endi, barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi. Shuningdek, barcha fanlarda milliy g‘urur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish bo‘yicha topshiriq berdi