date
views 249

Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Foto: IIV

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari katta miqdorda firibgarlik sodir etgan shaxsni Managuadan Toshkentga olib keldi.

IIV xabariga ko‘ra, tadbir quyidagi tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashi va hamkorligi natijasi bo‘lgan: O‘zbekiston TIV, AQSHning Anqara, Panama, Meksikadagi bojxona va chegara xizmatlari, Rossiya IIVning Nikaraguadagi vakili, AQSH Davlat departamenti Diplomatik xavfsizlik xizmatining Toshkent, Istanbul, Managua, Panama, Meksikadagi xorijdagi jinoiy ishlarni tergov qilish bo‘limlari.

Bildirilishicha, masofa, vaqtdagi katta farq va bir qator sabablarni hisobga olib, ushbu shaxsni tranzit qilish va o‘tkazish bo‘yicha barcha tartiblar bosh kotibiyatning Qo‘mondonlik va muvofiqlashtirish markazi va O‘zbekistondagi Interpol milliy markaziy byurosi tomonidan muvofiqlashtirildi.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi boshqa qit’ada yashirinib, jinoiy faoliyat – noqonuniy migratsiya, xorijiy fuqarolarni Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQSHga o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

Barcha jalb qilingan xizmatlarni birlashtirish va hamkorlikdagi sa’y-harakatlar tufayli gumondor qo‘lga olindi, tezkorlik bilan ma’lumot almashish natijasida uni sudga tortish va munosib jazo belgilash uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish va o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi