Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan majlisda tortishib, omma e’tiboriga tushgan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova kaltaklab ketilgan.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda uning singlisi ma’lumot tarqatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tursunova boshqa bir o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan kaltaklangan. Ayni paytda u shifoxonada ekani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida direktorning hokim bilan tortishgan videosi tarqalgan va u yetti sutkaga qamalgani ham ma’lum bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar