date
views 527

Saida Mirziyoeva bolalar kutubxonasi uchun hissa qoʻshgan barcha mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi

Saida Mirziyoeva bolalar kutubxonasi uchun hissa qoʻshgan barcha mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi

Respublika bolalar kutubxonasi – shahrimiz aholisi uchun eng qadrli va sevimli joylardan biri. Ushbu loyihada yuksak me'morchilik namunasini oʻtgan asr boshida qurilgan koʻrinishda saqlab qolish biz uchun juda muhim edi.

Bino boy tarixga ega. Turli yillarda bu binoda Toshkent shahar dumasi va Jamoat yigʻini, 1965 yildan esa mashhur bolalar kutubxonasi faoliyat koʻrsatgan. Afsuski kutubxona koʻp yillar davomida qarovsiz ahvolda qolgan va u rekonstruktsiyaga muhtoj edi. Biz 2020 yilda qayta tiklash ishlarini boshladik va nihoyat vazifa uddalandi!

Bu oʻziga xos maskanda koʻplab topilmalarga duch keldik. Masalan, devor suvoqlari ortidan oʻtgan asr oʻrtalarida ishlangan ajoyib devoriy suratlar chiqdi. Natijada – tarix ruhi va zamonaviy muhit bir joyda mujassam boʻldi.

Oʻz ishining ustalari mehnatini munosib baholaysiz, degan umiddamiz. Bugundan boshlab kutubxonamiz eshiklari barcha kitobsevar yurtdoshlarimiz uchun ochiq!

Respublika bolalar kutubxonasini restavratsiya va rekonstruktsiya qilishga hissa qoʻshgan barcha mutaxassislarga alohida minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Birgalikda yurtimiz kelajagi uchun  qoʻlimizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishda davom etamiz”, — deydi prezident yordamchisi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoeva bolalar kutubxonasi uchun hissa qoʻshgan barcha mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi