09:21 / 02.09.2023
219

Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi

Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi

Foto: Uzbekistan Airports

Jizzax viloyatida Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi.

Aeroport 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega bo‘lib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan. Obyektda jami 200 dan ziyod xodimlar va 110 ta texnikalar bilan ishlar olib borilmoqda.

Hozirda aeroport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyasi, uchish-qo‘nish, harakatlanish yo‘laklari va perronni loyihalash hamda qurilish, uchish va qo‘nishni ta’minlash bo‘yicha radio va aeronavigatsiya uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning oktyabr oyidan boshlab Zominning Dashtobod shaharchasi temiryo‘l bekatiga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi to‘xtashi tashkil etilgan edi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat