date
views 605

Andijon hokimining jiyani qamoqqa olingani haqidagi xabarga hokimlikning munosabati

Andijon hokimining jiyani qamoqqa olingani haqidagi xabarga hokimlikning munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon hokimining jiyani, fuqaro Q.Sh.U. JKning 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari va 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan ayblanib, qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Unda «jiyan» firibgarlik bilan qo‘lga tushgani va bu uning birinchi ishi emasligi aytiladi.

Ushbu xabarlarga viloyat hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

«Avvalo, bunday holat bo‘yicha (o‘sha shaxs kim bo‘lishidan qat’i nazar) aniq isbotlar yoki biror rasmiy idoraning xabarni tasdiqlagani kuzatilgani yo‘q. Qolaversa, bunday holat mas’ul rahbar bilan va uning yaqinlari bilan bog‘liqligi haqiqatga zid.

Keyingi navbatda esa, har bir shaxs o‘z xatti-harakati uchun o‘zi javobgar bo‘lishi qonunlarimizda ko‘rsatilgan», – deyiladi munosabatda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon hokimining jiyani qamoqqa olingani haqidagi xabarga hokimlikning munosabati