Ayrim sabablarga ko‘ra oilalar ajrashganda, ko‘p hollarda oilada ayol kishi ota uyiga ketishga majbur bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘idan, yashab turgan uyidan ajragan ayolni ota uyida ham quchoq ochib kutib olinmasligi tabiiy hol. Onai zor ruhan sog‘lom va ma’naviy buzuq bo‘lsada, jondan aziz farzandidan ayirish hollari ham uchrab turadi.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining J.Mamatqulovdan bir nafar voyaga yetmagan farzandini O‘.Mamatqulova tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochilarining harakatlari bilan farzand O‘.Mamatqulova tarbiyasiga olib berildi.
Onalar o‘z yaqinlari, oilasi, bolasi uchun o‘z jonini fido qilishga ham tayyor. Hech qachon o‘z farzandlarini xor qilib qo‘ymasligi hammaga ayon.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring