date
views 333

Ota 5000 AQSH dollariga ko‘z yumdi...

Ota 5000 AQSH dollariga ko‘z yumdi...

Biz, odatda ajrashgan oilalarni kuzatsak, ayrim hollarda er-xotinlarning butunlay “yuz ko‘rmas” bo‘lib, hatto farzandlari borligini ham unutib qo‘ygan insonlarni uchratamiz. Ba’zilarda esa aksincha, taqdir yo‘llari ayri tushgan bo‘lsa-da, oradagi o‘zaro hurmat, bolalarga bo‘lgan mehr, e’tibor saqlanib qolganining guvohi bo‘lamiz.

Xo‘jaobod tumanida yashovchi A.O‘zganov va S.Hakimova ham 2010 yilda turmushi buzilgan, o‘rtadagi bir o‘g‘il va bir qiz esa onasi tarbiyasida qolgan. Ulardan biri hozirda voyaga yetgan, yana biri esa uch yildan so‘ng o‘n sakkizga to‘ladi. Ota bo‘lmish A.O‘zganov 2010 yildan buyon aliment to‘lovlarini qoldirmasdan to‘lab keladi. Boisi, aliment - farzandlarning haqi, ularning unib-o‘sishi uchun berilishi zarur bo‘lgan moddiy qiymat ekanini yaxshi tushunadi.

Bu gal ham ular murosaga kelishdi va ota 3 yillik aliment pullarini oldindan to‘lashini bildirdi. Kelishilgan summa esa 5 000 AQSH dollarini tashkil etdi. Bolalarning onasiga esa 5 000 AQSH dollari topshirildi va ayolning arizasiga binoan ijro ishi yakunlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota 5000 AQSH dollariga ko‘z yumdi...