Inson huquqlarini tan olish nafaqat ularni amalga oshirish huquqini, balki muayyan majburiyatlarni bajarishni ham anglatadi.
Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining har qanday manfaatlardan, hatto davlat manfaatidan ham ustunligini shakllantirmasdan ustuvor maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish mumkin emas.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 24.07.2023 yildagi hal qiluv qaroriga asosan Jizzax shahridagi internet uyining muqaddam mehnat shartnomasini bekor qilingan 17 nafar xodimlarini o‘z vazifalariga ishga tiklash hamda har biriga bir million so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Davlat ijrochisining ijro harakatlari natijasida mazkur 17 nafar fuqarolar o‘zining muqaddam ishlagan vazifasiga ishga tiklanib, har biriga bir million so‘mdan ma’naviy zarar to‘liq undirib berildi.
Darhaqiqat, har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga egadir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!