Niderlandiya fuqarosi mamlakat qirolini haqorat qilgani uchun qamoq bilan jazolandi


Niderlandiya sudi Kampen shahri fuqarosini mamlakat qirolini o‘z feysbuki orqali haqoratlagani uchun 30 kunlik muddatga qamoq jazosiga tayinladi. Bu haqda Dutch News asosida xabar beradi “Kun”.
«Bunday xatti-harakat bizning jamoatchiligimiz orasida qabul qilib bo‘lmas ish hisoblanadi va jinoyat ishi sanaladi», — deb bayonot berdi sud.
Aybdor mamlakat qirolini feysbukdagi o‘z sahifasi orqali “qotil, zo‘ravon va o‘g‘ri», deya atagan edi. Yozuvlar qirol va uning oilasiga bo‘lgan xavf borasidagi surishtiruv ishlarida topilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…