date
views 325

Qozog‘iston fuqaroligini olish bo‘yicha o‘zbekistonliklar peshqadam

Qozog‘iston fuqaroligini olish bo‘yicha o‘zbekistonliklar peshqadam

Foto: Tengrinews

2023 yil yanvar-iyul oylarida 14561 nafar xorijlik Qozog‘iston fuqaroligini oldi. Ularning ko‘pchiligi o‘zbekistonliklar. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligiga tayanib, Kazinform xabar berdi.

«2022 yilda Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligini 22114 kishi qabul qildi, shundan 17663 nafari qozoq millatiga mansublar. Eng ko‘p fuqarolikni O‘zbekistondan kelganlar oldi – 14353 (shundan 13166 nafari qozoq millatiga mansublar)», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Xitoydan kelgan 1731 (shundan 1725 nafari qozoq millatiga mansub), Rossiyadan kelgan 1436 (484), Turkmanistondan kelgan 1186 (1176) va Qirg‘izistondan kelgan 910 (220) nafar xorijlik Qozog‘iston fuqaroligini olgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oyi davomida 14561 kishi Qozog‘iston fuqaroligini olgan, shundan 11142 nafari qozoq millatiga mansub.

Ularning aksariyati O‘zbekistondan – 8500 (shundan 7301 nafari qozoq millatiga mansub).

Shu bilan birga, Rossiyadan kelgan 2133 (shundan 845 nafari qozoq millatiga mansub), Turkmanistondan kelgan 1203 (1185), Xitoydan kelgan 1064 (1062) va Qirg‘izistondan kelgan 718 (535) nafar xorijlik ham Qozog‘iston fuqaroligini olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston fuqaroligini olish bo‘yicha o‘zbekistonliklar peshqadam