date
views 116

O‘zbekistonda suv resurslari strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda suv resurslari strategiyasi ishlab chiqiladi
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov iqtisod fanlari doktori, siyosiy iqtisod professori Vladimir Kvint boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar berdi Gazeta.uz.

Tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati obektlaridan oqava suvlarni markazlashtirilgan tozalash inshootlari tizimiga kiritish masalalarini muhokama qildi.

Vladimir Kvint «O‘zbekiston-2030 «strategiyasida suv resurslarini tejash masalasi eng muhim besh ustuvor yo‘nalish qatoriga kiritilganini ta’kidladi.

Yanvar oyi oxiriga qadar suv xo‘jaligi sohasidagi asosiy strategik yo‘nalishlarni aniqlash rejalashtirilgan. Har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ikkita ishchi guruh tuziladi: O‘zbekistonda va Moskva davlat universitetining strategik tadqiqotlar markazida. Hujjatning pirovard maqsadi O‘zbekistondagi suv tanqisligini bartaraf etish va chuchuk suv sifatini oshirishdan iborat, dedi u.

Oktyabr oyi boshida yuqori boshqaruv xodimlari uchun uch kunlik seminar tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, unda strategiya metodologiyasi batafsil tushuntirib beriladi.

Uchrashuv ishtirokchilari uy-joy kommunal xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va sanoatda suv resurslarini samarali taqsimlashning muhimligi yuzasidan fikr almashdi. Suv resurslaridan to‘g‘ri foydalanish uchun Jamshid Qo‘chqorov va Vladimir Kvint Kuznetsk ko‘mir havzasi (Kuzbass) misolida 2030 yilgacha O‘zbekiston suv resurslari uchun muqobil strategiyani ishlab chiqishga kelishib oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda suv resurslari strategiyasi ishlab chiqiladi