date
views 172

Qashqadaryoda yashovchi oilada to‘rt nafar egizak tug‘ildi

Qashqadaryoda yashovchi oilada to‘rt nafar egizak tug‘ildi

Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB JXX HPG Ravoq mahallasi profilaktika inspektorining yordamchisi Murod Toshnazarov to‘rt nafar egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

M.Toshnazarov 31 yoshda bo‘lib, turmush o‘rtog‘i Maftuna Tosheva bilan 2019 yil oktyabr oyida turmush qurgan.

Maftuna Tosheva joriy yil 7 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Respublika perinatal markazida 4 nafar o‘g‘il egizaklarni dunyoga keltirgan. Egizaklarning barchasi sog‘lom tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, to‘rt nafar egizak tug‘ilishi juda kamyob holat hisoblanadi. O‘zbekistonda bunday holat har yili bir yoki ikki marta sodir bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda yashovchi oilada to‘rt nafar egizak tug‘ildi